O‘zbekistonda harorat 15-17 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishSneg v Moskve
Sneg v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim joylarda tuman tushadi

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat 17 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi.

Markazning xabar qilishicha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 7 va 10-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi. Harorat kechasi 7-8 dekabrda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi, 9-10 dekabrda —3… —8 darajagacha pasayadi, kunduzi 7-dekabrda 5-10 daraja iliq, 8-10 dekabrda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dekabr boshida havo haroratining keskin sovushi kutilmoqda

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 7-dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqdan +2… +7 darajagacha o‘zgarib turadi. Kunduzi 7-8 dekabrda 10-15 daraja iliq, 9-10 dekabrda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 7-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-10 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 7-dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq, 8-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 9-dekabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 10-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida 9-dekabrda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘lishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3-8 darajagacha iliq, kunduzi 12-17 daraja iliqdan 5-10 daraja iliq haroratga o‘zgarib turadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 7-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 8-10 dekabrda kechasi harorat +5 darajagacha ko‘tariladi, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 7-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuqdan 1-6 daraja sovuqqacha, kunduzi 1-6 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliq haroratga o‘zgarib turadi.

Yangiliklar lentasi
0