TOShKENT, 19 dek — Sputnik. "Bunyodkor" stadioni oldida 20-dekabr kuni Mudofaa vazirligi ko‘rgazmali chiqish namoyish qiladi.
Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, "Milliy armiya — yoshlar jasorat, qat’iylik va qahramonlik maktabi" aksiyasi doirasida harbiylar tomonidan zamonaviy qurol-yaroqlar, harbiy texnika namoyish qilinadi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘zbek harbiylari tomonidan saf tayyorgarlik mahoratlari, qo‘l jangi usullari, shuningdek FVV va "Vatanparvar" o‘quv-sport klublarining maxsus va texnik vositalari ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari oldida harbiy orkestr tantanali chiqish qiladi.