O‘zbekiston Vatan himoyachilari kunini harbiy marshlar bilan nishonlaydi

© Sherzod IkramutdinovMarsh avtokolonni posvashenniy 9-Maya
Marsh avtokolonni posvashenniy 9-Maya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dekabr oyi va 2018-yil davomida harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablarida yoshlar uchun ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu maqsadda 5 ta bo‘lim, 55 banddan iborat tadbirlar Dasturi tasdiqlangan

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kunida viloyatlar markazlari va Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiy texnika namoyishi va harbiy orkestr marshi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mudofaa vazirligi matbuot anjumanida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26-yilligi va Vatan himoyachilari kuni 2018-yilda yangi shaklda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Sovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone Forish - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi muhokama qilinmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 7-dekabrdagi farmoyishiga muvofiq, bayram arafasida 5-10 yanvar kunlari Toshkentda va viloyat markazlarida harbiy vatanparvarlik festivali tashkil etiladi.

Ularda harbiy texnika, qurol-yarog‘ namoyishi, harbiy orkestrlar konsertlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi elementlari bilan ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek "Vatanparvar" klublarining harbiy-texnika va sport imkoniyatlari taqdimotlari o‘tkaziladi. 10-15 yanvar kunlarida Toshkent va viloyatlar markazlarining asosiy ko‘chalari bo‘ylab harbiy xizmatchilarning tantanali marshi — "Harbiy orkestrlar musiqasi" bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida sport marafonlari bo‘lib o‘tadi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. 15-yanvar kuni OTMlar, litseylar, kollejlar va maktablarda harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida jasorat darslari o‘tkaziladi.

Dekabr va 2018-yil davomida harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablarida yoshlar uchun ochiq eshiklar kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0