TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil 1-yanvardan joylardagi davlat hokimiyati organlariga ta’lim va tibbiyot muassasalari zimmasiga temir-tersak va qora metall chiqindilarini to‘plash va topshirish vazifasini yuklash taqiqlandi.
Bu haqda O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori e’lon qilindi.
Shuningdek, kelgusi yildan boshlab bankrotlik, tugatilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish doirasida korxonalarning hisobdan chiqariladigan eskirgan uskuna va metall konstruksiyalari temir-tersak va chiqindi sifatida shartnoma asosida "O‘zmetkombinat" AJga majburiy topshirilishi belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, "O‘zmetkombinat" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qora metall prokatlari savdosi faqatgina birja savdolari orqali amalga oshiriladi.