Toshkent shahar IIBB qoidabuzar haydovchilarning suratlarini e’lon qildi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy militsioner osmatrivayet mashinu
Uzbekskiy militsioner osmatrivayet mashinu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tozalash-Antiterror" tadbiri doirasida o‘tkazilgan tekshiruvlarda yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 3982 ta qoidabuzarlik aniqlandi

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

V Tashkente avtomobil Lasetti vrezalsya v derevo na skorosti 120 km/ch - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yo‘llarida o‘n oy davomida 2 ming 31 nafar fuqaro halok bo‘lgan

Xabar qilinishicha, 17-dekabr kuni "Tozalash-Antiterror" tadbiri doirasida o‘tkazilgan tekshiruvlarda yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 3982 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

Shulardan, mast holatda transport vositasini boshqarish – 27 ta, transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 30 ta, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik – 107 ta, harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 45 ta, odam tashishi qoidalarini buzish – 367 tani tashkil etgan.

184 holatda yo‘l belgilariga rioya qilmaslik, 3 holatda IIB YHXB xodimlari talabiga bo‘ysunmaslik, 2235 holatda xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga rioya qilmaslik qayd etilgan.

Jami 69 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0