TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘tgan 10 oyda 2 ming 31 nafar fuqaro yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Yig‘ilishda mamlakatda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Bu borada bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar bugungi kun talablariga javob bermasligi ta’kidlandi.
O‘tgan 10 oyda sodir etilgan 8 mingga yaqin yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 ming 31 nafar fuqaro halok bo‘lib, 7 ming 622 nafari tan jarohati olgan.
Bu hodisalarning asosiy sababi O‘zbekiston fuqarolarida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, avtotransport vositalarining yo‘llarda harakatlanishi uchun xavfsizlik choralarini ko‘rishda jiddiy muammolar mavjudligida, deb ta’kidlandi.
Shuni inobatga olgan holda, mutasaddi rahbarlarga haydovchi va piyodalarning yo‘llarda harakatlanish madaniyatini oshirish, yo‘llarni harakat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.