Xususiy bog‘chalarning elektr va gaz uchun to‘lovining 50%ini davlat to‘lab beradi

© Sputnik / A. VarfolomeyevUtrennik v detskom sadu Tashkenta
Utrennik v detskom sadu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan "nol" qiymatda berilgan binolarda hamda xususiy investorlarning o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolarda tashkil etilgan bo‘lishi lozim

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan xususiy bog‘chalarning iste’mol qilingan elektr va gaz ta’minoti uchun to‘lovlarining 50%i 2023-yil 1-yanvargacha davlat budjeti tomonidan to‘lanadigan bo‘ldi.

Deti i vospitateli detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Yangi bog‘chalar davlat-xususiy sheriklik asosida quriladi

Hujjatga muvofiq, oylik kompensatsiya to‘lovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to‘lovlarning 50 foizi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan "nol" qiymatda berilgan binolarda hamda xususiy investorlarning o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolarda tashkil etilgan bo‘lishi lozim.

Elektr va gaz uchun to‘lovning qolgan 50 foizini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z hisobidan to‘laydi.

Ta’lim muassasasi zaruratdan kelib chiqib, oylik kompensatsiya to‘lovini olish uchun tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi yoki viloyat moliya bosh boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Kompensatsiya to‘lovi summasi qoplanishi lozim bo‘lgan hisobot oyidan boshlab, o‘n ikki oy davomida to‘lab berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0