Jeenbekov Qirg‘iziston Mirziyoyevning tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

© Ofitsialniy sayt prezidenta Kirgizskoy RespublikiVizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan
Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ahil qo‘shnichilik siyosatiga yuqori baho bergan

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyovga O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif davomida ko‘rsatilgan ehtirom va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Qirg‘iziston rahbarining minnatdorlik maktubi O‘zbekiston prezidenti rasmiy veb saytida e’lon qilindi.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tomosha qildi

Jeenbekovning qayd etishicha, mazkur tashrif mamlakatlar o‘rtasida yanada mustahkamlangan oliy darajadagi ishonchli muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi.

"O‘zaro anglashuv va ishonch muhitida o‘tgan muzokaralardan g‘oyat mamnunman. Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonning xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik aloqalari, yaxshi qo‘shnichilik va qardoshlik munosabatlariga asoslangan strategik sherikligini yanada mustahkamlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan juda xursandman", deb yozadi Jeenbekov.

Qirg‘iziston prezidenti yo‘lovchi transporti qatnovini qayta tiklash, tranzit tashishlarni ta’minlash va transport yo‘laklari ochish, shuningdek, eksport-import aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qo‘shma rejalarning hayotga tatbiq etilishi oddiy fuqarolar turmush farovonligini oshirish hamda o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratishiga ishonchi komilligini ta’kidlaydi.

Jeenbekova v aeroportu Tashkenta vstretila devushka s svetami — video - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov Toshkentda qanday kutib olindi

U Qirg‘iziston – O‘zbekiston davlat chegaralarining qolgan qismini delimitatsiya qilish ishlari o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida faol sur’atda davom etadi, degan fikrni bildirgan.

Qirg‘iziston rahbari xususan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ahil qo‘shnichilik siyosatiga yuqori baho bergan.

"Sizning diplomatiyada yangi an’analarga asos solayotganingiz, davlatlararo ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda nostandart va samarali yondashuvlarni namoyon qilayotganingiz tahsinga sazovor. Siz nafaqat Qirg‘iziston va O‘zbekiston, balki butun mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikka ijobiy sur’at bag‘ishladingiz.

Qirg‘iziston Sizning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusingizni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Biz bu tashabbusni amalga oshirish yo‘lida barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solamiz", deyiladi maktubda.

Pamatnik Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

Jeenbekov maktubida o‘rtada do‘stlik va birodarlik munosabatlari qaror topganidan g‘oyat mamnunligini bildiradi.

"Sizning tashrif davomida bir necha bor yangragan "dardingizni o‘z dardimiz, g‘alabangizni o‘z g‘alabamiz sifatida qabul qilamiz", degan so‘zlaringiz qirg‘iz xalqiga ezgu munosabatingiz ifodasi bo‘lib, qalbimdan chuqur joy oldi", deya yozadi Qirg‘iziston rahbari.

Sooranbay Jeenbekov maktubini O‘zbekiston prezidentiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, davlat rahbari sifatidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va taraqqiyot tilagan holda yakunlagan.

Yangiliklar lentasi
0