TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Jeenbekov rasmiy tashrifi davomida O‘zekspomarkazda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlar ko‘rgazmasida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
"Ko‘rgazmada O‘zbekiston sanoatining turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilgan", — deyilgan xabarda.
Shu bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning O‘zbekistonga bo‘lgan rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.