OAV: Stokgolm teraktida gumonlangan shaxsning yonidan o‘zbek pasporti topilgan

© REUTERS / /Daniel DiksonSotrudniki politsii i spesslujb v Stokgolme, gde proizoshel terakt
Sotrudniki politsii i spesslujb v Stokgolme, gde proizoshel terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, u Shvetsiyada yashovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Stokgolm markazida terakt uyushtirishda gumonlanib qo‘lga olingan erkak "Islom davlati" terrorchilik tashkilotiga xayrixoh bo‘lgan, deb xabar berdi RIA Novosti Aftonbladet gazetasiga tayanib.

Erkak Mersta tumanidagi do‘konlardan birida qo‘lga olingan. Nashr manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli erkakda jarohat izlari bo‘lgan va qo‘lga olingan paytda Stokgolmdagi teraktni amalga oshirganligini aytgan.

ChP v Stokgolme, gde gruzovik vyexal v tolpu lyudey - Sputnik O‘zbekiston
Stokgolmda yuk mashinasi odamlar ustiga bostirib bordi: qurbonlar bor

Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, u Shvetsiyada yashovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Aftonbladet nashri uni taniydigan shaxs bilan bog‘langan, u esa bu ma’lumotlarga ishonmasligini aytgan. "Uning to‘rtta farzandi bor, u qurilishda ishlaydi", — degan nashr suhbatdoshi. U shuningdek, gumonlanuvchi hech qachon din yoki siyosat haqida gapirmaganini, faqat ko‘proq pul ishlab oilasiga jo‘natish tashvishida bo‘lganini aytgan.

7 aprel kuni Stokgolmdagi Drottninggatan ko‘chasida yuk mashinasining odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0