“O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘quvchi va talabalar uchun 50%lik chegirmalar belgiladi

Obuna bo‘lish
Joriy yilning 28-dekabridan 2018-yil 10-yanvargacha o‘quvchi va talabalar ichki yo‘nalashlarda harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlari uchun yo‘l chiptalarini 50% chegirma asosida xarid qilishi mumkin

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan o‘quvchi va talabalar uchun temir yo‘l chiptalarini xarid qilishda chegirmalar belgilandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya temir yo‘llari "O‘zbekiston temir yo‘llari"ga 50 foizlik chegirma joriy etdi

Joriy yilning 28-dekabridan 2018-yil 10-yanvargacha o‘quvchi va talabalar ichki yo‘nalashlarda harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlari uchun yo‘l chiptalarini 50% chegirma asosida xarid qilishi mumkin.

Mazkur chegirma respublikaning faqat mahalliy yo‘nalishlariga belgilangan. Shuningdek, xalqaro yo‘nalishda qatnovchi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo‘lmagan hamda yuqori tezlikda xarakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlariga taalluqli emas.

Yangiliklar lentasi
0