Rossiya temir yo‘llari "O‘zbekiston temir yo‘llari"ga 50 foizlik chegirma joriy etdi

Obuna bo‘lish
Rossiya temir yo‘llari refrijerator tarkiblarda keltiriladigan meva-sabzavot import tashuvlari uchun 2019-yilgacha 50 foizlik chegirma joriy etdi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya temir yo‘llari 2019-yilgacha O‘zbekiston va Tojikistondan refrijerator tarkiblarda keltiriladigan meva-sabzavot import tashuvlari uchun 50 foizlik chegirma joriy etdi, deb xabar berdi RTYning "Gudok" gazetasi.

Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga UzAgro brendi ostida dastlabki meva-sabzavot mahsulotlari jo‘natildi

"O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalaridan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va "Rohi ohani Tochikiston" DUKka qarashli refrijerator tarkiblarda meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga temir yo‘l orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri import tashuvlar uchun mavjud tariflarga nisbatan 0,5 pasayuvchi koeffitsiyent joriy etilsin", — deyiladi boshqaruv qarorida.

Qayd etilishicha, mazkur koeffitsiyent ushbu davlatlarga tegishli refrijerator tarkiblardan foydalanishda RTY to‘lovlardan ozod etilgan holda amal qiladi.

"Koeffitsiyent o‘rnatilgan tartibda kuchga kiradi va 2018-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi", — deyiladi xabarda.

Boshqaruv yig‘ilishi bayonnomasi 3-noyabrda imzolangan va juma kuni e’lon qilingan. RTY ichki hujjat yurituviga ko‘ra, yuk tashish bo‘yicha temir yo‘l transporti xizmati uchun tariflarni pasaytirish haqidagi RTY boshqaruvi qarori u kompaniya rasmiy saytida e’lon qilinganidan 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0