Rossiyada prezident saylovoldi kampaniyasi boshlandi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta RF 2018
Vibori prezidenta RF 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident saylovida ishtirok etish uchun 23 nomzod istak bildirgan, ovoz berish 2018-yil 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiyada prezident saylovoldi kampaniyasi boshlandi, bu haqda Federatsiya Kengashi tegishli qaror qabul qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident RF Vladimir Putin na vstreche s pobeditelyami vserossiyskogo konkursa Semya goda - Sputnik O‘zbekiston
Putin prezidentlik saylovida ishtirok etishini e’lon qildi

Shundan kelib chiqqan holda prezidentlikka nomzodlar Markaziy savlov qo‘mitasiga kerakli hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda prezident saylovida ishtirok etish uchun 23 nafar nomzod istak bildirgan. Ular orasida amaldagi prezident Vladimir Putin ham bor.

18 mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi hamda saylovoldi kampaniyasini tashkil etish uchun 14,8 milliard rubl sarflash ko‘zda tutilgan.

Markaziy saylov komissiyasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, saylovni tashkil etishda jami 880 ming nafar turli darajadagi vakillar ishtirok etishga tayyor.

"So‘nggi olti yil ichida prezident saylovlarini o‘tkazish qonunchiligi imkon qadar soddalashtirilib, bir qator to‘siqlar yo‘q qilindi. Kuzatuvchilarning imkoniyatlari yanada kengaytirildi. Bu o‘z navbatida saylovning ochiqligini va raqobatbardoshligini ta’minlaydi", — deb qo‘shimcha qildi Pamfilova.

Yangiliklar lentasi
0