TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti 2018-yilda davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishni niyat qilganini e’lon qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Men Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga nomzodimni taqdim etaman", — deb ta’kidladi Putin GAZ zavodi ishchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida.
2000 yil mart oyida Vladimir Putin birinchi marta prezident etib saylandi. 2004-yilda u ushbu lavozimga qayta saylandi. 2008-yildan 2012-yilgacha hukumat raisi lavozimida ishlagan, 2012-yilda esa yana davlat rahbari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 18-mart kuni Rossiya prezidentining navbatdagi saylovi bo‘lib o‘tadi. Saylov kompaniyasi 2017-yil dekabr oyida boshlanadi.