TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Huquq-tartibot xodimlarini daromad va mol-mulklarini deklaratsiyalash majburiyati yuklatilishi mumkin. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.
"Bu qoidalarni joriy etish Korrupsiyaga qarshi davlat dasturida nazarda tutilgan. Qonun loyihasida mansabdor shaxslari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari daromadlari, deklaratsiya qilish nazarda tutgan bo‘lim va normalar ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda qonun tayyorlash jarayoni ketmoqda. Qonun qabul qilingandan so‘ng tegishli choralar amalga oshiriladi", — deb ta’kidladi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Baxrom Qobilov Xalqaro Press-klub yig‘ilishi chog‘ida.
Bundan avval Bosh prokuratura xodimlari daromadlarni deklaratsiyalash jarayoni xalqaro umume’tirof etilgan amaliyotni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu odatda, birinchi rahbarlar tomonidan o‘z daromadlarini oshkor qilish va e’lon qilishni nazarda tutadi. Boshqa barcha davlat xizmatchilari soliq organlarda o‘z daromadlar va mol-mulklarini belgilangan tartibda deklaratsiya qiladilar.
Ta’kidlash joizki, normativ huquqiy hujjatlar portalida taqdim etilgan "Davlat xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasida "kichik mutaxassis" toifasidan tashqari barcha mansabdor shaxslar majburiy tartibda har yili mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya, daromad va harajatlar haqida ma’lumotlar, shuningdek oila a’zolari — ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari daromadlari va harajatlari haqida ma’lumotlari taqdim etish majburiyatini yuklatish nazarda tutilgan.
Agarda davlat xizmatchisi o‘z daromadlari va mol-mulki, shuningdek oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulklari haqida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan hollarda, mansabdor shaxs ishdan bo‘shatiladi.
Davlat xizmatchilarning ayrim toifalariga (ro‘yxati prezident tomonidan belgilanadi), o‘ziga va deklaratsiyaga kiritiladigan oila a’zolarini kengaytirilgan ro‘yxati inobatga oladigan mol-mulk, daromad va harajatlarni deklaratsiyalash tartibiga qo‘shimcha talablar belgilanishi mumkin.