Bosh prokuratura telejurnalist va kompyuter grafikachilarini ishga taklif etmoqda

© Nuz.uzSegodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik
Segodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taklif etilayotgan oylik ish haqi miqdori 2 mln 300 ming so‘mdan 4 mln so‘mgachani tashkil qiladi

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi qator lavozimlarga nomzod qidirmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura saytida e’lon berildi.

Taklif etilayotgan lavozimlarda ishlashni istagan nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

Kreativ muharrir — kreativ yechim va tezkorlik, sharx, reportajlar tayyorlashda va intervyu hamda "davra suhbat"lari o‘tkazishda tahliliy yondashuv, matnlar, intervyu va suhbatlarni tahrir qilish, tillarni mukammal bilish, telejurnalistika sohasida malakali tajribaga ega bo‘lish va kompyuter savodxonligi.

Ushbu lavozim bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 3 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgachani tashkil qiladi.

Emblema Federalnogo Buro Rassledovaniy SShA (FBR) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Federal tergov burosi bilan kelishuv imzoladi

Muxbir – lavhalar tayyorlash jarayonini mukammal o‘zlashtirish, adabiy tahrir malakasiga ega bo‘lish, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifoda etish, savolnomalar tuzish, kadrda va kadr ortida ishlay bilish, axborot materiallarini tayyorlash, umumlashtirish va tahlil qilish, muxbirlik faoliyatida yetarli tajribaga ega bo‘lish, kompyuter savodxonligi.

Taklif etilayotgan lavozim bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 2 mln. 300 ming so‘mdan 3 mln. 300 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

Teleboshlovchi – san’atkorlik va improvizatsiya mahorati, kadrda va kadr ortida ishlash qobiliyati, bekami ko‘st talaffuz va suxandonlik xususiyatlariga ega bo‘lish, ommaviy tadbirlar va televideniyeda chiqish tajribasi, kompyuter savodxonligi.

Taklif etilayotgan lavozim bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 2 mln. 300 ming so‘mdan 3 mln. 300 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

AKT va kompyuter grafikasi bo‘yicha mutaxassis – media mahsulotlarni yaratish va moslashtirish, telelavhalar yaratish va loyihalash, infografika va grafika tasvirlarini yaratish, grafika dasturlarida ishlay olish, raqamli tasvirni qayta ishlash, videoyozuvlar, lavha va boshqa kontent hamda kliplarni loyihalash uchun elementlarni tayyorlash, ushbu sohada ish tajribasi.

Taklif etilayotgan lavozim bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 2 mln. 800 ming so‘mdan 3 mln. 800 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

Keyingi bir yil davomida davlat organlari matbuot xizmatlarida sezilarli jonlanish yuz berdi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan har bir o‘zgarish, hodisa yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalar tomonidan o‘z vaqtida rasmiy munosabat bildirilmoqda va bu jamoatchilik orasida turli mish-mishlar, noo‘rin fikrlar paydo bo‘lishi, tarqalishining oldini olmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tizimida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tuzilishi haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori e’lon qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0