TOShKENT, 18 dek – Sputnik. voqea Toshkent markazidagi “Poytaxt” savdo majmuasi yonida sodir bo‘lgan, deb xabar qilmoqda “1news.uz”.
Toshkent davlat raqamiga ega bo‘lgan Lexus avtomashina egasi va uning yonida o‘tirgan ayol Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan Toshkent shahriga ishlash uchun kelgan ikki nafar fuqaroni «Bu yer toshkentliklarning joyi, biz bu yerga soliq to‘laymiz, sizlar kelgindilar» deb haqorat qilgan.
Viloyatlik fuqarolar ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, haqorat qilgan fuqarolar Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar N.Askarov va J.Tolipovalar (familiyalar o‘zgartirilgan) bo‘lishgan.
Mazkur noxush holatlar bo‘yicha joriy yilning 14-dekabr kuni Toshkent shahar Mirobod tuman ma’muriy sudi tomonidan ochiq sud majlisi o‘tkazilib, huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortildi.
Eslatib o‘tamz, O‘zbekiston Respubliksianing har bir viloyat, shahar va qishlog‘ida yashovchi har bir fuqaro teng huquqqa ega. Konstitutsiyasining 18-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar» deb qat’iy belgilab qo‘yilgan.