Shavkat Mirziyoyev barcha mahsulotlar uchun eksport bojlarini bekor qildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishPunkt tamojennogo oformleniya na granitse
Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksport bojlari faqat qonunda beligangan maxsus turdagi mahsulotlar uchungina saqlanib qolindi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  15 dekabr kuni “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta’minlashni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5286 sonli farmonini imzoladi.

Yangi famonga ko‘ra, qonunda belgilangan ayrim maxsus turdagi mahsulotlardan tashqari, O‘zbekistondan eksport qilinadigan barcha mahsulotlar uchun eksport bojlari bekor qilindi.

Undan tashqari eksport bilan shug‘ullanuvchi barcha turdagi korxonalar uchun eksport litsenziyalari olish bekor qilindi.

Furi na granitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-dekabrdan eksport shartnomalari bekor qilindi

Uchinchidan, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun  chet ellarda vakolatxonalar, savdo uylari  ochish va ularga konsignatsiya sharti asosida mahsulot yetkazib berishga ruxsat berildi.

Yuqoridagi o‘zgarishlar tufayli, oldin qabul qilingan bir qator Prezident va Vazirlar mahkamasining qarorlari bekor qilindi.

Yangi qonun bilan batafsil quyida tanishing.

 

Yangiliklar lentasi
0