O‘zbekistonda 1-dekabrdan eksport shartnomalari bekor qilindi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishFuri na granitse
Furi na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish, eksport qilinadigan mahsulot hajmi, turini oshirish maqsadida yangi prezident qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekiston korxonalari 1-dekabrdan boshlab tashqi bozorlarga o‘z mahsulotlarini eksport shartnomalari tuzmasdan yuborish imkoniga ega bo‘ldi.

Turli muassasalar nazorati talab qilinadigan shartnoma o‘rniga tadbirkorlar invoys (schet-faktura) taqdim etadigan bo‘lishdi. Bu haqida mahalliy OAVlarda e’lon qilingan prezident  qarorida habar qilingan.

“2017 yil 1-dekabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni, ishlar va xizmatlarni eksport kontrakti tuzmasdan, invoyslar asosida, eksport qiluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobraqamlariga oldindan to‘lov 100 foiz tushgandan so‘ng va TSOYaEA* tizimiga ma’lumotlarni kiritish sharti bilan eksport qilish huquqi berilsin”, — deyilgan prezident qarorida.

TSOYaEA - Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi.

Na raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 1 mlrd $ dan ortiq to‘qimachilik mahsulotlari eksport qiladi

Qarorda aytilishiga ko‘ra, meva-sabzavot mahsulotlari, xom-ashyo  mahsulotlari va ayrim turdagi “maxsus tovarlar” eksporti uchun alohida talablar saqlanib qolingan.

“Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilishda alohida talablar belgilanadi”, — deyilgan qaror matnida.

Ushbu choralar tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish, eksport qilinadigan mahsulot hajmi, turini oshirish maqsadida amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0