Qirg‘iziston O‘zbekistonga energiya eksportini 20-dekabrdan boshlaydi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishBaza stroiteley Verxne-Narinskogo kaskada GES
Baza stroiteley Verxne-Narinskogo kaskada GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu maqsadda To‘xtagul GESida ulkan tayyorgarlik va ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan

TOShKENT, 17 dek — Sp[utnik.  Qirg‘izistondan O‘zbekistonga  elektr energiyasi yetkazib berish  20 dekabrdan boshlanadi, deb xabar qilmoqda Tazabek nashri.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston orasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 2017-yilning dekabr oyidan 2018-yilning mart oyiga qadar Qirg‘iziston O‘zbekistonga 550 mln kVt/soat  elektr energiyasi yetkazib berish kerak.

GRES - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘zbekistonga qish mavsumida elektr energiyasi yetkazib beradi

Ushbu kelishuvni bekamu ko‘st amalga oshirish maqsadida Qirg‘iziston Milliy energiya xoldingi jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Xususan, GESning ikkinchi energiya bloki qayta ta’mirlanib, eskigan uskunalar to‘liq yangilandi va dekabr oyida ishga tushirishga shay qilib qo‘yildi.

Xoldingi xabariga ko‘ra, bir oy oldin katta mashaqattalr bilan Xitoydan og‘irligi 260 tonna quvvati 425 MVA bo‘lgan ulkan transformator olib kelngan. Bunday transformatorni bir joydan ikkinchi joyga olib borish odatada o‘ta murakkab ish.

Ustiga ustak, Xitoyda Qirg‘izisonga keladigan yo‘lda 3ta tog‘ dovoni mavjud. Yo‘l-yo‘lakay transport vositalarini bir necha bor almashtirishga to‘g‘ri kelgan. Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu transformator Qirg‘iziston tarixida dovon orqali olib o‘tilgan eng ulkan yuk bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0