O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Federal tergov burosi bilan kelishuv imzoladi

© AFP 2023 / MANDEL NGAN / FILESEmblema Federalnogo Buro Rassledovaniy SShA (FBR)
Emblema Federalnogo Buro Rassledovaniy SShA (FBR) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatni O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari M.Azimov va FTB direktori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi J.Uolker imzoladi

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. AQSh adliya vazirligi huzuridagi Federal tergov burosi shtab-kvartirasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va FTB o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
MDH va ShHTning bosh prokurorlari uchrashuvi

Hujjatni O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari M.Azimov va FTB direktori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi J.Uolker imzoladi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, muzokaralar jarayonida mazkur hujjat ikki mamlakatning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurash va inson asosiy erkinliklarini himoya qilish samaradorligini oshirishi qayd etilgan.

Memorandumda qonunchilik va huquqni joriy etish amaliyoti, tergov va ushbu sohada tadqiqotlar o‘tkazishning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirishning ilg‘or uslublari va zamonaviy mexanizmlari haqida axborot va tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu hujjatning mavjud emasligi uzoq yillar davomida ikki mamlakat tegishli organlarining tezkor hamkorlik qilishlariga to‘sqinlik qilib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0