Toshkent shahar hududini yanada kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hududi qaysi yo‘nalishda va Toshkent viloyatining qaysi tumanlari hisobiga kengaytirilishi yuzasidan yakuniy qaror hukumat yoki prezident alohida qarori bilan tasdiqlanadi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Toshkent viloyatining bir qator tumanlari hisobiga Toshkent shahar hududini kengaytirish to‘g‘risida hujjat ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri hukumatdagi manbasiga tayangan holda xabar qildi.

Lomayut Dom Kino - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Kino uyi buzilmoqda

Poytaxt hududini kengaytirish zarurati asosan bir qator yirik qurilish loyihalariga bog‘liq. Shaharning markaziy qismi yaqin yillarda deyarli to‘liq qayta quriladi. Bundan tashqari, turar joylar va ma’muriy binolarning bir qismi buziladi. Yangi hududlarni poytaxtga qo‘shib olish ushbu masalalarni hal qilish imkoni beradi.

"Geokadastr davlat qo‘mitasi va boshqa bir qator davlat sohaviy tuzilmalari Toshkent shahar hududiga yaqin bo‘lgan hududlarni batafsil o‘rganib chiqishdi. Shaharni bir necha yo‘nalishlarda kengaytirish taklif etildi. Ular Qibray, Yangiyo‘l, Yuqorichirchiq, Quyichirchiq, Zangiota va O‘rtachirchiq tumanlari yo‘nalishlaridir", — deya ta’kidladi hukumatdagi manba.

Proyekt delovogo sentra Tashkent City - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tashkent City loyihasi bo‘yicha topshiriqlar berdi
Toshkent shahar hududi qaysi yo‘nalishda va Toshkent viloyatining qaysi tumanlari hisobiga kengaytirilishi yuzasidan yakuniy qaror hukumat yoki prezident alohida qarori bilan tasdiqlanadi. Biroq, suhbatdosh qaror qabul qilinadigan vaqti hali aniq emasligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston poytaxti 11 ta tumandan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 320 kvadrat kilometrni tashkil etadi. So‘nggi yillarda tobora ortib borayotgan talabga asosan Toshkentda keng ko‘lamli uy-joy qurilishi boshlandi. Quruvchilarga yangi qurilish uchun joy yetishmay qolmoqda.

Bunday talab, birinchi navbatda, birlamchi bozorda kvartira sotib olayotgan o‘zbekistonliklar avtomatik tarzda Toshkent propiskasini olishlari bilan bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0