Farg‘onada qora bankirlar sud oldida javob berdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishruki naruchniki
ruki naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Qishloq qurilish bank"ning kreditlash bo‘limi boshlig‘i xususiy korxonalar rahbarlari bilan til biriktirib katta-katta mablag‘larni o‘marish bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. "Qishloq qurilish bank" Farg‘ona mintaqaviy filiali kreditlash bo‘limi boshlig‘i U. Xatamov, bosh mutaxassis Z. Tusmatov bir yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ikki yil olti oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosini olishdi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 500 ming dollarga yaqin valyutani o‘zlashtirgan bankirlar jazoga tortildi
Ma’lum bo‘lishicha, Xatamov va Tusmatov Farg‘ona shahridagi "Fayzli Farg‘ona Bahori" xususiy korxonasi rahbari G‘. Ahmadaliyev, Qo‘qon shahridagi "Kauchuk import torgovlya" MChJ mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, katta miqdordagi bank mablag‘larini o‘zlashtirib yuborganlar.

Jinoiy guruh "Qishloq qurilish bank" Farg‘ona mintaqaviy filiali tomonidan "Fayzli Farg‘ona Bahori" xususiy korxonasiga oshxona jihozlari sotib olish uchun ajratilgan 150 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘larini "Kauchuk import torgovlya" MChJ hisobraqiga o‘tkazib, 120 million so‘mni naqdlashtirishgan. O‘ttiz million so‘m esa jamiyat hisobraqamida qoldirilgan.

Shundan so‘ng ular go‘yoki kreditning maqsadli sarflanganligi haqidagi monitoring dalolatnomasi va oshxona jihozlari sotib olinganligi haqidagi hisobvaraq fakturasini puxtalik bilan soxtalashtirib, shu yo‘l bilan bank sarmoyalarini noqonuniy ravishda o‘zlashtirib olganlar.

Xatamovga bu ish yoqib qolib, takroran sodir etganida  Tusmatov yana unga sheriklik qilgan. Bu gal "uddaburon kreditchi"lar "Nodirbek-N" xususiy firmasi rahbari N. Qahhorov, "Farg‘ona Zulfizar Omadi" va "Kauchuk import torgovlya" MChJlar rahbarlari bilan kelishib, ularga bank tomonidan ishonib topshirilgan katta miqdordagi pul mablag‘larini talon-taroj qilishdi. "Nodirbek-N" xususiy firmasidan 116 million so‘m, "Farg‘ona Zulfizar Omadi" MJChdan 34 million so‘m bank sarmoyalarini noqonuniy ravishda naqdlashtirib olib, yana soxta hujjatlar tayyorlashdi.

Qo‘lga tushgan "qaroqchilar" — Xatamov va Tusmatovlar bir yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil olti oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosini olishdi.

Ahmadaliyev va Qahhorovlarga ish haqining 20%ni davlat daromadi hisobiga ushlab qolinish sharti bilan 2-yil olti oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0