Rossiya O‘zbekiston uchun neft yetkazib berishni boshladi

© Sputnik / Svetlana Mayorova / Mediabankka o‘tishPloshadka slivnix jeleznodorojnix estakad
Ploshadka slivnix jeleznodorojnix estakad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil oxiriga qadar Omsk – Pavlodar – Chimkent yo‘nalishi bo‘yicha 80 ming tonna neft mahsulotlari yetkazib berish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Rossiya 16-noyabrdan 20-noyabrgacha "KazTransOyl" magistral neft quvurlariga O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan 20,95 ming tonna neft mahsulotlari yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston neft kompaniyasi matbuot xizmati.

Chimkent yaqinida joylashgan "Shagir" neft quyish estakadasidan temiryo‘l sisternalarariga 13,3 ming tonna neft mahsulotlari quyib berildi.

 

“Qoog‘iston va  “KazTransOil” AJning tranzit imkoniyatlarini namoyish qilish  uchun  O‘zbekiston yo‘nalishiga Rossiya neftini  yetkazib berish — muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqeadir. Texnik jihatdan biz ushub yo‘nalishda qo‘shimcha neft yetkizib berishga allaqachon tayyor edik”, — dedi “KazTransOil” bosh direktori Dimash Dosanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, neft quvurlar orqali "Shagir" neft quyish estakadasigagacha yetkazib beriladi va u yerda temiryo‘l sisternalariga quyiladi.

Podgotovka gazoprovoda k zimnemu sezonu - Sputnik O‘zbekiston
“Omsk-Pavlodar-Chimkent” neft quvuri Jizzaxgacha yetib keladi
Undan so‘ng esa temiryo‘l orqali O‘zbekistonga yetkizib beriladi. Yetkazib berish rejasiga ko‘ra, Noyabrda  tranzit hajmi 30 ming tonnani tashkil qiladi. 2017-yil oxiriga qadar ushby yo‘nalishda 80 ming tonnagacha neft yetkazib berish rejalashtirilgan.Rossiya neftini O‘zbekistonga Omsk — Pavlodar — Chimkent —"Shagir" neft quyish estakadasi orqali yetkazib berish 16-noyabrdan boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 16-sentabrida O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida energetika sohasida hamkorlik shartnomasi  imzolangan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0