Toshkentda piyodani urib, hodisa joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Matiz" rusumli avtomashina haydovchisi jabrlangan piyodaga yordam ko‘rsatmasdan va bu haqda ichki ishlar organlariga habar bermasdan hodisa joyidan ketib qolgan

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. 2017-yil 24-noyabr kuni Yunusobod tumanidagi TXAY ko‘chasida joylashgan "Turon" choyxonasi qarshisida "Matiz" rusumli avtomashinasida piyoda urib yuborildi. Toshkent IIBB matbuot xizmati xabariga asosan.

Sotrudnik pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Uch retsedivist qochib ketgan ruhiy kasalxona rahbariyati jazolanadi

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 24-noyabr kuni soat 22:50 larda, Yunusobod tumanidagi TXAY ko‘chasida joylashgan "Turon" choyxonasi qarshisida, haydovchi — 1983-yilda tug‘ilgan erkak kishi, "Matiz" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.
Shundan so‘ng, ushbu yo‘nalishda uning ketidan harakatlanib kelayotgan haydovchi — 1995-yilda tug‘ilgan erkak kishi, "Spark" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lda yotgan piyodani bosib o‘tgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasi natijasida piyoda — 1987-yilda tug‘ilgan erkak kishi olgan tan jarohatlari oqibatida YTH joyida vafot etgan.

DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "ZIL" katta tezlikda 7 ta mashina va avtobusni urib ketdi
"Matiz" rusumli avtomashina haydovchisi jabrlangan piyodaga yordam ko‘rsatmasdan va bu haqda ichki ishlar organlariga habar bermasdan hodisa joyidan ketib qolgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan "Tozalash-antiterror" tadbiri davomida, 2017-yilning 25-noyabr kuni soat 11:00 da, hodisa joyidan ketib qolgan haydovchi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0