AQSh O‘zbekistonga Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga yordam beradi

Obuna bo‘lish
Ushbu masalalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi xodimlari va AQShning savdo vakolatxonasi ofisi bilan doimiy aloqa o‘rnatilishiga kelishib olindi

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Joriy yilning 14-dekabr kuni Tashqi savdo vazirligida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo bo‘yicha savdo vakili yordamchisi M.Linskott bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vnov naznachenniy Chrezvichayniy i polnomochniy posol Respubliki Uzbekistan v Soyedinennix Shtatax Ameriki Javlon Vaxabov vruchil veritelnie gramoti Prezidentu SShA Donaldu Trampu - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: AQSh O‘zbekistonning ahil qo‘shnichilik siyosatini olqishlaydi
Amerika tomoni 2017-yilning 12-dekabr kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va AQSh davlatlari o‘rtasida savdo va investitsiya bo‘yicha kelishuv Kengashi doirasidagi yig‘ilish (TIFA)ga yuqori baho berdilar.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston Respublikasining Butun jahon savdo tashkilotiga kirishiga oid masalalarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston AQShning tarif preferensiyasi umum tizimi va intellektual mulkni huquqiy himoyalash bo‘yicha a’zoligiga tegishli masalalarni atroflicha ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Respublikasining Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu masalalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi xodimlari va AQShning savdo vakolatxonasi ofisi bilan doimiy aloqa o‘rnatilishiga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0