Tramp: AQSh O‘zbekistonning ahil qo‘shnichilik siyosatini olqishlaydi

© IA "Jaxon"Vnov naznachenniy Chrezvichayniy i polnomochniy posol Respubliki Uzbekistan v Soyedinennix Shtatax Ameriki Javlon Vaxabov vruchil veritelnie gramoti Prezidentu SShA Donaldu Trampu
Vnov naznachenniy Chrezvichayniy i polnomochniy posol Respubliki Uzbekistan v Soyedinennix Shtatax Ameriki Javlon Vaxabov vruchil veritelnie gramoti Prezidentu SShA Donaldu Trampu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp Qirg‘iziston bilan chegaralarning katta qismini delimitatsiya qilish yuzasidan rasmiy Toshkent tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarning samaradorligini qayd etdi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekistonning AQShga tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov AQSh prezidenti Donald Trampga ishonch yorlig‘ini topshirdi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

Abdulaziz Kamilov obsudil mejparlamentskie svazi predstavitelyami kongressa SShA - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov AQSh kongressmenlari bilan uchrashdi

Tramp O‘zbekiston tomonidan keyingi yil davomida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar respublikaning aniq islohotlarni joriy etishni maqsad qilganini tasdiqlashini bildirdi. U bolalar mehnatiga barham berish hamda davlat boshqaruvi tizimida shaffoflik ta’minlanishidagi oldinga siljishni olqishladi.

"Vashington mintaqaviy sheriklik hamda Afg‘onistonni barqarorlashtirish yo‘lini qurayotgan kuchli va mustaqil O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi", — dedi u.

AQSh rahbari shuningdek, O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga xizmat qilgan "ahil qo‘shnichilik siyosatini" olqishlashini ta’kidladi. U Qirg‘iziston bilan chegaralarning katta qismini delimitatsiya qilish yuzasidan rasmiy Toshkent tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarning samaradorligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0