TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Endilikda CLICK kompaniyasi foydalanuvchilari butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasiga tizim orqali pul to‘lash imkoniga ega bo‘lishdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
"Xizmatning yana bir qulay tomoni – bu elektroquvvat bo‘yicha shaxsiy hisobraqamning balansini operativ tekshirish imkoni. Uyga tekshiruvchi kelganda yoki o‘zingiz uchun istalgan paytda hisobraqamdagi qoldiqni tekshirib olish mumkin", — deyiladi kompaniya xabarida.
Shu bilan birga, kompaniya CLICK tizimida mavjud bo‘lgan "Avtoto‘lov" xizmati yordamida foydalanuvchilar istalgan summaga har oyning istalgan kuniga elektroquvvatga to‘lovlarni avtomatlashtirishlari va o‘z vaqtida to‘lanishiga butunlay xavotirlanmasligi mumkinligini eslatgan.