TOShKENT, 15 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat portali xabar bermoqda.
Prezident ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishadi hamda xalq bilan muloqot qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgandi.
Prezident respublikadagi shifoxonalar sharoiti bilan tanishgan, odamlar boshlangan o‘zgarishlarni o‘z hayotida his qilishi uchun joriy yil yakunigacha 40 ko‘p qavatli turar-joy binosi barpo etish va foydalanishga topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergandi.