TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Huquq tartibot organ xodimlari Moskvada yashirin bosmaxona aniqlashdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
14 Dekabr 2017, 14:08
Xabarda aytilishicha, ushbu bosmaxonada O‘zbekiston fuqarolari qalbaki migratsion kartalar, haydovchilik guvohnomalar, patentlar, diplom va kasallik varaqlarini chop etish ishlari bilan shug‘ullanishgan.
Bugungi kunda ushbu holat bo‘yicha "qalbaki aksiz markalarni ishlab chiqarish va sotish" bandi bo‘yicha jinoyat ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
O‘tgan haftada Podolsk shahrida kontrafakt alkogol ishlab chiqarish yashirin korxonada 40 tonna spirt va 15 tonna tarkibida spirt bo‘lgan suyuqlik aniqlandi. Ushbu korxonada O‘zbekiston fuqarolari mehnat qilishgan.