TOShKENT, 14 dek — Sputnik. "International Press Club" ning Facebook tarmog‘idagi sahifasida 2017-yil 20-21 dekabr kunlari Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston prezidenti ishtirokida onlayn-muloqot tarzida sessiya o‘tkazilmasligi haqida xabar chop etildi.
"Hurmatli hamkasblar, 2017-yil 20-21 dekabr kunlari Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida onlayn-muloqot tarzida sessiya o‘tkazilmaydi.
Bu tadbir qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan xabar beriladi.
Xalqaro Press-klub", — deb yozilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan jonli muloqot o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.