TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20-21 dekabr kunlari Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etishi, xalq bilan onlayn muloqot qilishi va jurnalistlarning savollariga javob berishi kutilmoqda. Bu haqda Facebookda "Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom" guruhida post yozilgan.
"Shu munosabat bilan ayni paytda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida katta tayyorgarlik ko‘rilayapti, deydi televideniyedagi manba", — deb yozilgan postda.
Hozircha bu haqda mahalliy OAVlarda rasmiy xabar berilmagan.
Undan avval ham Shavkat Mirziyoyev vaqti kelganida XPK sessiyasida o‘zi ham ishtirok etishini alohida ta’kidlagandi.