Putinning katta matbuot-anjumani boshlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishYejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Peskovning aytishicha, Putin bu galgi matbuot-anjumanida saylovlarga o‘z nomzodini qay tariqa ilgari suradi - partiyadanmi yoki o‘zi mustaqil - aynan haqida gapirishi kutilmoqda.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 14-dekabr kuni an’anaviy tarzda 13-bor katta matbuot-anjumanini o‘tkazadi. Putinning matbuot-anjumaniga rekord darajada mahalliy va chet el jurnalistlari ro‘yxatdan o‘tgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hozircha zalda Putin yo‘q. Shu bois barchaning diqqat e’tibori — prezidentlikka nomzod Kseniya Sobchakda.Poka ne prishol Vladimir Putin, v sentre vnimaniya kandidat v prezidenti Ksusha Sobchak!Chto za foto?Kak bilo,tak i snyal! pic.twitter.com/FWSUzTrNZJ

Jurnalistlarning kayfiyati a’lo, deb yozgan nashr jurnalistlaridan biri. Putin bilan bo‘ladigan muloqot ular uchun yilning eng muhim voqeasi ekan.

Moskva vaqti bilan 12.09da Putin bilan muloqot boshlandi.

Rossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov birinchi bo‘lib savol berish imkoniyatini "Govorit Moskva" radiostansiyasiga berdi.

Radiostansiya muxbiri Putinga "Siz nega saylovlarda qatnashayapsiz?", degan savol bilan murojaat qildi.

"Men Rossiyani qanday ko‘rishni xohlashim haqida ko‘p marotaba gapirganman", — deb ta’kidladi Putin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya zamonaviy bo‘lishi, va uningsiyosiy tizimi albatta egiluvchan bo‘lmog‘i kerak.

Putin saylovoldi dasturi tayyorligini qo‘shimcha qildi va matbuot-anjumani vaqtida uning taqdimotini o‘tkazish ayni muddao emasligini eslatdi.

Yangiliklar lentasi
0