TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Farmonga imzo chekdi.
2018 yilning 1-yanvaridan boshlab:
— soliq va moliya organlari rahbarlarini ularning lavozim maoshlaridan 50 foizgacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash, shu jumladan:
mahalliy budjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilgani uchun 10 foiz miqdorda;
budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi qisqartirilgani uchun 20 foiz miqdorda;
mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilgani uchun 20 foiz miqdorda;
— yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarning ijrosi ta’minlanmagani uchun ularning lavozim maoshlaridan 30 foiz miqdorida jarima sanksiyalarini qo‘llash, shu jumladan:
mahalliy budjet prognozi bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda;
mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda.
Moliya va soliq organlari rahbarlarini mukofotlash hamda javobgarlik choralarini qo‘llash moliya vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalariga ko‘ra amalga oshiriladi.