Qozog‘iston O‘zbekiston chegarasi yaqinidagi yo‘lini ta’mirlashni boshladi

© SputnikKazaxsko-uzbekskaya granitsa
Kazaxsko-uzbekskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘l O‘zbekiston hududini Kaspiy dengizi portlari, Rossiya hududi va Yevropa mamlakatlari bilan bog‘lab turgan asosiy yo‘l hisoblanadi.

TOShKENT, 14 dek – Sputnik.  Qozog‘iston “Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi” avtomobil yo‘lini ta’mirlashni qilishni boshladi.

Kazaxstanskaya step: verblyudi, kozi i beskraynie prostori - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Buxoroga sayohat: Qozog‘iston cho‘lidagi mashaqqatli yo‘l

Yo‘lining ushbu bo‘lagidan juda ko‘p O‘zbekiston  avtomobillari qatnaydi. Rossiyaga borib-kelayotgan yengil va yuk avtomobillarining aksariyati shu yerdan o‘tadi. Serqatnov yo‘l uzoq yillardan beri qarovsiz holda qolgan edi. Juda tor, o‘nqir-cho‘nqir yul bugungi kun talabiga javob bermay qolganiga ancha vaqt bo‘lgan. Haydovchilar va sayyohlar ushbu yo‘l borasida juda ko‘p marotaba shikoyat qilishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘l O‘zbekiston hududini Kaspiy dengizi portlari, Rossiya hududi va Yevropa mamlakatlari bilan bog‘lab turgan asosiy yo‘l hisoblanadi.

Qozog‘iston hukumati umumiy uzunligi 85 kilometr bo‘lgan yo‘lni ikki baravar kengaytirish va ta’mirlash ishlariga 20 milliard tenge mablag‘ ajratgan. Ta’mirlash ishlarini 2018-yilda yakunlash ko‘zda tutilgan.

Rekonstruksiya ishlari nihoyasiga yetgach, mazkur yo‘l uchastkasida o‘rtacha tezlik 50 kilometrdan 100 kilometrga yetkaziladi. Ayni damda avtomobil harakati to‘xtab qolmasligi uchun vaqtinchalik aylanma yo‘l ishga tushirilgan.

Yangiliklar lentasi
0