"Rusgidro" O‘zbekistondagi GESlarni modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishGES
GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya kompaniyasining O‘zbekistonda ikkita GES qurilishi va oltitasini modernizatsiya qilishda ishtirok etishi imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. "Rusgidro" OAJ O‘zbekistondagi gidroelektrostansiyalarni modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "O‘zbekgidroenergo" AJ vakiliga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Bureyskaya i Nijne-Bureyskaya GES v Amurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda eng yirik GESlardan birini loyihalashtirish boshlandi

"Rusgidro" va "O‘zbekgidroenergo" hamkorlik haqida memorandum imzoladi. Unda Rossiya kompaniyasining respublika gidroenergetika tizimini rivojlantirish dasturida ishtirok etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi ko‘zda tutilgan", — dedi agentlik suhbatdoshi.

"Lengidroproyekt" AJ ("Rusgidro" tarkibiga kiradi) vakili memorandum doirasida Rossiya kompaniyasining O‘zbekistonda ikkita GES qurilishi va oltitasini modernizatsiya qilishda ishtirok etishi imkoniyati ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Lengidroproyekt" "Gidroloyiha" AJ ("O‘zbekgidroenergo" tarkibiga kiradi) bilan Toshkent viloyatida quvvati 800 MVtli Pskom GESi qurilishining dastlabki texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Iyun oyida mamlakat hukumati O‘zbekistonda 2017-2025 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish dasturini tasdiqlagandi. Unga ko‘ra, 18ta GES quriladi va 14tasi modernizatsiya qilinadi. Dastur amalga oshirilishi natijasida GESlar quvvati 1,7 martaga – 3 ming MVtdan ko‘proqqa oshadi.

Yangiliklar lentasi
0