TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston O‘rta Osiyoda eng yirik gidroobyektlardan biri — Pskem GESini qurishni boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri "O‘zbekgidroenergo" vakili so‘zlariga asosan.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Pskem darosida joylashgan yangi gidroelektrostansiya, yirikligi bo‘yicha O‘zbekistonda Chorvoq GESidan keyin, ikkinchi o‘rinda bo‘ladi. Uning quvvati 400 MVtni tashkil qiladi, yillik energiya ishlab chiqarish hajmi — 900 mln kVt/soatni tashkil qiladi.
"Ayni damda bo‘lajak GES hududida qurilish shtabi tashkil etilgan va u yerda 400ga yaqin mutaxassislar loyiha-izlanish va geologik ishlarni amalga oshirmoqda. Pskem darosining chap qirg‘og‘ida umumiy qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Yangi stansiya nafaqat Toshkent viloyatini elektr energiyasi bilan barqaror ravishda ta’minlaydi hamda agrar sohasining suv ta’minotini kafolatlangan ravishda amalga oshiradi", — dedi korxona vakili.
Loyihaning umumiy qiymati 800 mln dollardan ortiq bo‘lib, uning katta qismi O‘zbekiston mablag‘lari hisobidan, 240 mln dollari Xitoyning Eksimbanki tomonidan kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonda 430dan ortiq darolar mavjud. Har yili O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 60 milliard kVt/soat energiyaning 6,5 mlrd GESlar hisobidan amalga oshiriladi. Yaqin bir necha yil ichida Respublika energosanoatida GESlar ulushi 27,4 milliardov kVt/soatga yetkazish kutilmoqda.
Bundan yarim yil oldin, O‘zbekiston gidroenergetika salohiyatini oshirish maqsadida, Shavkat Mirziyoyev mamlakatda bir necha mingta kichik va o‘rta quvvatli GESla qurish haqidagi qarorni imzolagan edi.