TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash tadbiri boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki davlat kasaba uyushmalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hujjat imzolandi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 2018-yilga ish loyihalari imzolandi.
Qirg‘iziston va O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida ilmiy texnikaviy kelishuvga imzo qo‘yildi. Shuningdek, soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tuzish bo‘yicha hujjat imzolandi.
2018-2021 yillar savdo-iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va hukumatlararo dasturi imzolandi.
Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini imzoladilar.