TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari uchrashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti Ko‘ksaroyga yetib keldi. Bu yerda oliy darajali mehmonni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sooronbay Jeenbekov faxriy qorovul oldidan o‘tdi, ikki davlat madhiyalari yangradi. Shundan so‘ng prezidentlar uchrashib bir birlarini qutlashdi.
Yaqin orada Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekovlarning tor doiradagi uchrashuvi boshlanadi.
Bundan oldin Qirg‘iziston prezidenti Toshkentda Mustaqillik maydonidagi "Ezgulik va matonat" yodgorligi hamda Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ygan edi.