"Xudo bergan joy": o‘zbekistonliklar Issiq-Ko‘lga poyezdda borishlari mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Vladislav Ushakov / Mediabankka o‘tishOzero Issik-Kul
Ozero Issik-Kul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari qo‘shni Qirg‘izistondagi Issiq-Ko‘lda dam olish imkoniga ega bo‘lishdi. Ikki davlat rahbarlari o‘tkazgan muzokaralar davomida Issiq-Ko‘lgacha temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishildi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Issiq-Ko‘l — noyob ko‘l, o‘zbekistonliklar uzoqlarga emas, mana shu qo‘shni davlatdagi ajoyib dam olish maskanida hordiq chiqarishlari uchun temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishdik, dedi jurnalistlar bilan uchrashuvda chorshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Qirg‘iziston bilan o‘rtamizda chegaralar bo‘lmaydi
"Odamlarimiz u yerga reyslar tashkil qilishimizni anchadan buyon kutishayotgan edi. Bugun Sooronbay Jeenbekov bilan o‘tkazgan muzokaralarimiz davomida Issiq-Ko‘lgacha temiryo‘l qatnovini tashkil qilishga kelishdik. Qo‘shnilarimizda mana shunday Xudo bergan joy bor bo‘lganida, odamlarimizga uzoqlarga borishdan ne hojat", — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Mirziyoyev o‘z nutqi davomida, shuningdek, bugungi muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, Toshkent-Bishkek aviareysidan tashqari, Toshkent-O‘sh yangi aviareysini tashkil qilish haqida ham kelishuvlar bo‘lganini ma’lum qildi.

Ilgariroq, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonning "Danaker" ordeni bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik. Yuksak davlat mukofotlaridan bo‘lgan ushbu orden xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni asrash, ilm-fanni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qo‘shgan insonlarga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0