Turklar O‘zbekistonda yirik logistika majmuasi quradi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi na territorii terminala
Gruzovie furi na territorii terminala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar noyabrda, O‘zbekistonga turk kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurganida loyihani batafsil ishlab chiqishga kirishadi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Turkiyaning Gentes Yapi ve Endustry Tesisleri Ltd Sti kompaniyasi O‘zbekistonda yirik logistika majmuasi qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi chog‘ida bu borada kelishuv imzolandi.

Sostoyalsya ocherednoy reys po avia-dostavke plodoovoshnoy produksii pod brendom «UzAGRO» v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Rossiyaga 40 tonnaga yaqin yerong‘oq jo‘natildi

"Yangi majmua qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va jo‘natishga ixtisoslashadi. Bu yerda 125 sovutish hajmlari va yoyiluvchan mahsulotlar uchun 75 ombor, yuklash va yuk tushirish hududi qad rostlaydi, shuningdek turk tomoni zamonaviy qadoqlash uskunalarini o‘rnatadi. Bundan tashqari, bo‘lajak xaridorlar uchun qulayliklar yaratishga e’tibor qaratiladi, mehmonxona va kafe quriladi", — dedi "O‘zbekoziqovqatxolding"dagi manba.

Tomonlar noyabrda, O‘zbekistonga turk kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurganida loyihani batafsil ishlab chiqishga kirishadi. Bundan tashqari, turk tomoni vakillari O‘zbekistonda meva-sabzavotlar yetishtirish va qayta ishlash uchun o‘z qurilmalarini yetkazib berishni tashkil etmoqchi.

Majmua faoliyati birinchi navbatda yangi va qayta ishlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini MDH mamlakatlari, xususan Rossiyaga yetkazib berishga yo‘naltiriladi.

Hozirda O‘zbekiston meva-sabzavotlari yetkaziladigan eng katta bozorlar Rossiya va Qozog‘iston bo‘lib turibdi. Umumiy eksport hajmining 60%ga yaqini birgina Rossiyaning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yil davomida Rossiyaga o‘zbek meva-sabzavotlarini yetkazib berish ikki baravarga oshdi.

Yangiliklar lentasi
0