MDH va ShHTning bosh prokurorlari uchrashuvi

© AP PhotoFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda ShHT va MDH mamlakatlari prokurorlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda huquqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Kecha Sankt-Peterburgda MDH va ShHTning Bosh prokurorlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda huquqni saqlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Bosh prokuraturasi.  

Strani, vxodashie v Koordinatsionniy sovet generalnix prokurorov, a takje nekotorie gosudarstva-uchastniki ShOS udovletvorili bolee 60 zaprosov na ekstraditsiyu rossiyan v 2017 godu.

"Sankt-Peterburg Kongresslar saroyida 14 mamlakat prokurorlari jamlanishdi. Ular birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurashining "yo‘l xaritasi"ni  ishlab chiqishdi", — deyilgan Rossiya Bosh prokuraturasi xabarida.

Shuningdek ushbu mamlakatlar bir mamlakatda jinoyat sodir etgan boshqa mamlakat fuqarolarini o‘z mamlakatiga qaytarish (ekstraditsiya) borasida hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganini ham tasdiqlashgan.

Xususan, ushbu 14 mamlakatda jinoyat sodir etgan 60 ga yaqin Rossiya fuqarolari vataniga qaytarilgan. Rossiyaning ekstraditsiya haqidagi so‘rovlaridan Qozog‘iston 21tadan 19tasini, Ozarbayjon 12tadan 11tasini, Belorussiya —29tadan 26 tasini, Armaniston 5tadan 3 tasini, Qirg‘iziston 3tadan 1tasini, Hindiston 2tadan 2 tasini qondirgan. Tojikistonga yo‘naltirilgan 1 ta so‘rov ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekistonga bunday so‘rovlar yuborilmagan.

Yangiliklar lentasi
0