TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Turkiyada bo‘lib o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etadi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 13-dekabr kuni Istanbul shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti sammitining favqulodda sammitida ishtirok etadi", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammiti Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Sammit ishtirokchilari Quddus masalasi yechimi bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishlari rejalashtirilgan.
Sal oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil davlati poytaxti deb rasman tan olib, AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish bo‘yicha buyruq bergan edi.
Bir oz oldin Erdo‘g‘on kutilayotgan IHT uchrashuvi tub burilish yasaydigan voqea bo‘lishiga ishonch bildirgan edi.
Turkiya rahbari shuningdek, AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida rasman tan olib, "qon to‘kilishiga sherik bo‘ldi", "musulmon davlatlari esa Suveren Falastin davlati tashkil topmaguniga qadar kurashni to‘xtatmasliklari"ni qo‘shimcha qilgan edi.