AQSh O‘zbekiston bilan inson salomatligini yaxshilash bo‘yicha tajriba almashmoqda

Obuna bo‘lish
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda "Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun marginal suv resurslaridan foydalanishda innovatsiyalar" mavzusida uch kunlik xalqaro seminar tashkil etildi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. YuSAID Markaziy Osiyoda suv va yer resurslarini boshqarish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar qildi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eksimbanki O‘zbekiston bilan hamkorlikni tiklaydi
2017 yil 11-13 dekabr kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa hamkorlar bilan birgalikda "Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun marginal suv resurslaridan foydalanishda innovatsiyalar" mavzusida uch kunlik xalqaro seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarning asosiy maqsadi inson va ekotizim salomatligini yaxshilash uchun ilg‘or tajriba va texnologiyalar bilan almashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqan elchi Pamela Spratlen "Davlatlar mintaqa oldida turgan ekologik muammolarni anglagan holda, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish orqali, samaradorlikni oshirish hamda suvdan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratishlari lozim", deya ta’kiladi.

YuSAIDning AQSh olimlari va mahalliy mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan "Tadqiqotni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik" (PEER) deb nomlangan grant dasturi doirasida 15 mamlakatdan kelgan 50 dan ortiq olim, tadqiqotchi va ekspert Toshkentda yig‘ildi.

Marginal suv resurslaridan oqilona foydalanish atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi sog‘ligini yaxshilash va daromadlarining o‘sishiga olib keladi.

Yangiliklar lentasi
0