AQSh Eksimbanki O‘zbekiston bilan hamkorlikni tiklaydi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishNatsionalniy Bank Uzbekistana
Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek Visa Card O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqish bildirmoqda

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. AQShning U.S. Export-Import Bank (Eksimbank) eksport-import banki 13-yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston bilan hamkorlikni qayta tiklaydi, deb xabar berdi Podrobno.uz O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisi Suhrob Xolmurodovga asoslanib.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
AQShga tashrif: BMT minbaridagi O‘zbekiston tashabbuslari va 2,6 mlrd $lik hujjatlar

"AQSh Eksimbanki bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu anchagina nufuzli xalqaro moliya instituti. Muzokaralar davomida ular o‘tkazilayotgan islohotlarga juda yuqori baho berishdi. Munosabatlarni qayta tiklash borasida kelishuvlarga erishildi", — dedi Xolmurodov xalqaro press-klub yig‘ilishida. Muzokaralar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi doirasida o‘tkazilgan.

Xolmurodovning aytishicha, Amerika banki loyihalarni moliyalashtirishda hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Bank O‘zbekistonga "Boing" samolyotlari va boshqa texnologik qurilmalar sotib olishda kredit berishi mumkin.

Milliy bank rahbari shuningdek Visa Card O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan.

"9 oktabr kuni dastlabki ishchi missiyasi tashrif buyuradi. Visa Cardning Milliy bank, umuman O‘zbekiston bozoridagi ishtiroki bo‘yicha yangi "yo‘l xaritasi" ishlab chiqamiz", — degan u.

Yangiliklar lentasi
0