O‘zbekistonlik yengil atletikachi "Oltin mangust" ordeni bilan mukofotlandi

© MARTIN BUREAU / AFPOdna iz samix izvestnix sportsmenok iz Uzbekistana, legkoatlet Nadiya Dusanova
Odna iz samix izvestnix sportsmenok iz Uzbekistana, legkoatlet Nadiya Dusanova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekistonning taniqli yengil atletikachilaridan biri, balandlikka sakrash bo‘yicha sportchi Nadiya Dusanova xalqaro "Oltin mangust" ordeniga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Hasanboy Do‘smatov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik bokschi va murabbiy xalqaro mukofotga loyiq topildi

O‘zbekistonlik sportchi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.

Nadiya Dusanova xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi. U o‘tgan yili yengil atletika bo‘yicha Hindistonda bo‘lib o‘tgan osiyo chempionati, Ozarbayjondagi Islom birdamlik o‘yinlari, Turkmanistonda yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

O‘tgan yili boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topilgandi.

"Oltin Mangust" xalqaro mukofoti eng yaxshi yuksak natijalarga erishgan sportchilarni sharaflash, sport rivojiga hissa qo‘shgan faxriylar va siyosatchilarning mehnatini e’tirof e’tirof etish maqsadida "Mangust" jamoatchilik tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.

O‘tgan yillar davomida bu mukofot bilan 80ga yaqin sportchilar, murabbiylar, sport rivojiga befarq bo‘lmagan siyosatchilar, tadbirkorlar va davlat arboblari mukofotlangan.

Yangiliklar lentasi
0