TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi saytida xabar berilmoqda.
"Oltin Mangust" xalqaro mukofoti eng yaxshi yuksak natijalarga erishgan sportchilarni sharaflash, sport rivojiga hissa qo‘shgan faxriylar va siyosatchilarning mehnatini e’tirof e’tirof etish maqsadida "Mangust" jamoatchilik tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.
O‘tgan yillar davomida bu mukofot bilan 80ga yaqin sportchilar, murabbiylar, sport rivojiga befarq bo‘lmagan siyosatchilar, tadbirkorlar va davlat arboblari mukofotlangan.
"Oltin Mangust — 2016" mukofoti laureatlarini taqdirlash marosimi 2-dekabr kuni Odessa shahrida bo‘lib o‘tadi.