TOShKENT, 12 dek – Sputnik. "Agarda qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyotning boshqa sohalari haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘tgan davr mobaynida qayta tashkil etish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi, dedi u.
Grishinning aytishicha, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanayotganligini ko‘rsatuvchi misollardan biri qishloq xo‘jaligi bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekiston mahsulotlar bilan nafaqat o‘zini ta’minlayapti, balki faol eksport ham qilmoqda.
"Mashinasozlik va boshqa sohalardagi yutuqlar anchagina salmoqli, inqirozga qaramasdan YaIM har yili o‘smoqda. Biz sizlardan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida o‘zlashtirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor deb hisoblayman", — dedi u.
Grishinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti O‘zbekistonning iqtisodiy tajribasini o‘rganmoqda, universitetning O‘zbekistondagi filiali esa sobiq sovet hududidagi eng yirik filiallardan hisoblanadi.