TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Iqtisodiy hamkorlik – Rossiya-O‘zbekiston munosabatlaridagi eng istiqbolli sohalardan biri. Bu haqda "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligida bo‘lib o‘tgan "Rossiya va O‘zbekiston: strategik sheriklikning 25-yili" katalogi taqdimotida Shimol-Janub siyosatshunoslik markazi direktori o‘rinbosari Aleksandr Gushchin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik bilan birga iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim.
"O‘zbekiston iqtisodiyotining ko‘p qirrali ekanligi ham foydali qazilmalar qazishda, ham avtomobil ishlab chiqarishda, ham sement ishlab chiqarishda aks etadi. Bu va boshqa ko‘plab sohalar Rossiyada katta qiziqish uyg‘otadi", — dedi Gushchin.
Ekspertning fikricha, gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik bilan birga aynan iqtisodiy hamkorlikda ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish mumkin.