Jizzaxda 100dan ziyod avtomobillar hibsga olindi

© Yuriy Korsunsev / «Gazeta.uz»O‘zbekiston ko‘chalari
O‘zbekiston ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Bagarni shaharchasida 10-dekabrga o‘tar kechasi oq rangli "Neksiya" avtomobili 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib ketgan va yordam ko‘rsatmay, hodisa joyidan qochib ketgan. Jabrdiyda tezkor yordam ko‘rsatilmagani oqibatida halok bo‘lgan

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 100 dan ziyod "Neksiya" avtomobillari "hibsga olindi", deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Bagarni shaharchasida istiqomat qiluvchi manba.

Rabota evakuatorov - Sputnik O‘zbekiston
Jarima to‘lamagan haydovchilar avtomashinadan mahrum bo‘lishadi
Ma’lum bo‘lishicha, 9-dekabrdan 10-dekabrga o‘tar kechasi Bagarni shaharchasida "Neksiya" avtomobili 5 yashar o‘g‘li bilan yo‘l chetida ketib borayotgan, 1982-yilda tug‘ilgan erkakni urib ketgan. Avtomobil haydovchisi hodisadan so‘ng to‘xtamagan, aksincha, hodisa joyida qochib qolgan.

Erkak vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Xabarga ko‘ra, yo‘lda hodisaga guvoh bo‘lganlar ichki ishlar organlari xodimlarini va so‘ngra tez tibbiy yordamni chaqirtirishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlariga guvohlar erkakni urib ketgan mashina "Neksiya 2" rusumiga tegishli ekanligini aytishgan. Mashina raqamini hech kim ko‘rishga ulgurmagan.

Ayni vaqtda G‘allaorol tumani, xususan Bagarni va Marjonbuloq shaharchalarida ushbu holat yuzasidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Huquq-tartibot organlari xodimlarida shubha uyg‘otgan avtomobillar tekshirilib, egalari so‘roq qilinayotgani ma’lum.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda 100dan ziyod avtomobillar hibsga olingan va stoyankalarga joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0